
2087
Islom sivilizatsiyasi markazida inklyuzivlik tamoyillariga alohida eʼtibor qaratilmoqda
Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari yakuniy bosqichga kirgan boʻlib, unda zamonaviy meʼmoriy yechimlar bilan bir qatorda inklyuzivlik tamoyillarini joriy etish masalasiga ham alohida urgʻu berilmoqda. Mazkur yondashuv markazning nafaqat ilmiy-maʼrifiy va madaniy markaz sifatidagi, balki ijtimoiy adolat hamda tenglik tamoyillarini targʻib qiluvchi maskan sifatidagi ahamiyatini yanada mustahkamlaydi.




