Muzey ekspozitsiyasidan noyob kontentlar oʻrin oladi
Xalqaro xattotlik maktabi, Imom Buxoriy innovatsion muzeyi, qadimiy qoʻlyozmalar, rangtasvir asarlari, 3D formatdagi vizual kontentlar, hujjatli filmlar, kitob-albomlar va ilmiy kataloglar... Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va gʻoyasi bilan bunyod etilayotgan va qurilishi yakuniy bosqichga kirgan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi ekspozitsiyasi tarixiy meros, ilmiy salohiyat va zamonaviy innovatsiyalar uygʻunlashgan, noyob kontentlar bilan boyitilmoqda. Shunga qaramay, hali qilinishi kerak boʻlgan ishlar ham, yechimini kutayotgan masalalar ham, tashabbuslar ham talaygina.