
2143
Islom sivilizatsiyasi markazi: Mahobatli rangtasvirlar orqali tarixga nazar
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi nafaqat meʼmoriy jihatdan ulkan inshoot, balki yurtimizning boy maʼnaviy va ilmiy merosini, islom dunyosiga qoʻshgan hissasini namoyon etuvchi markaz hisoblanadi. Bu markazning bosh kirish qismida joylashtiriladigan 14 ta rangtasvir kompozitsiyasi uning mazmunan chuqur, gʻoyaviy jihatdan boy ekanligidan dalolat beradi.




