Samarqandda Imom Moturidiy tavalludiga bagʻishlangan xalqaro konferensiya davom etmoqda
Shu yilning 29-30 aprel kunlari Samarqand shahrida buyuk mutakallim, islom olami faxri Abu Mansur Moturidiy tavalludining 1155 yilligiga bagʻishlab “Moturidiylik — bagʻrikenglik, moʻʼtadillik va maʼrifat taʼlimoti” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtmoqda. Ushbu yuksak darajadagi tadbirga dunyoning 30 ga yaqin mamlakatidan 70 dan ortiq nufuzli olimlar, muftiylar, islomshunoslar va xalqaro tashkilotlar vakillari tashrif buyurdi.