
2678
“Markazning 500 kishiga moʻljallangan konferensiya zali javonlarini ham kitoblar bilan toʻldiramiz” — Umida Teshaboyeva
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi kutubxonasini tashkil etish masalasiga bagʻishlangan navbatdagi muhokama yigʻilishi oʻtkazildi. Unda Markaz kutubxonasi 1 va 2 qavatlarining yangilangan intereri dizayn loyihasi muhokama etildi.




