
Markaz yangiliklari: tadbirlar va konferensiyalar, loyihalar va xalqaro tashabbuslar, delegatsiyalar tashrifi hamda ilmiy materiallar.


Zamonaviy texnologiyalar va tarixiy xotira uyg‘unlashgan yangi madaniy makon bugun Toshkent markazida namoyon bo‘lmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va g‘oyasi asosida barpo etilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi rasman ochildi va bu yerda noyob 3D mepping shou tomoshabinlarga taqdim etilmoqda. Mazkur loyiha O‘zbekiston muzey makonida zamonaviy raqamli texnologiyalar orqali tarix va ma’rifat g‘oyalarini yetkazishga qaratilgan ilk yirik tashabbuslardan biri sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Jahon darajasidagi taassurot uchun 15 dollardan kam mablag‘ — aynan shu narx ikki nafar katta va ikki nafar boladan iborat oila uchun Islom sivilizatsiyasi markaziga ekskursiyaga kirish uchun yetarli bo‘ladi.
