
1385
«Bu haqiqatan ham buyuk majmua» – Suma Chakraborti
Islom sivilizatsiyasi markaziga iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Suma Chakraborti tashrif buyurdi. Ekspozitsiyalar bilan tanishib, u markazning meʼmoriy gʻoyasi va mazmunli koʻrgazmalariga yuqori baho berdi. Oʻzbekistonning islom sivilizatsiyasi tarixidagi oʻrni haqida toʻliq tasavvur hosil qilishda markazning ahamiyatini taʼkidladi.




