Saytning test versiyasi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
banner

Fikr-mulohazalar

Aleksandr Stubb

Finlyandiya Prezidenti

Rostini aytsam, bu yerda men beqiyos taassurotlar girdobiga tushib qoldim. Har bir ekspozitsiya, har bir zal, har bir detal chuqur oʻylangan. Uch ming yillik tarixni bugungi avlodga shu darajada zamonaviy shaklda yetkazib berish — bu yuksak sanʼat va buyuk mahorat talab etadi.

Bu Markaz nafaqat oʻtgan asrlar merosini qayta jonlantirgan, balki kelajak avlod uchun ham ilhom manbaiga aylangan. Ayniqsa, interaktiv namoyishlar va innovatsion texnologiyalar yoshlarni oʻziga jalb etadi. Ular bu yerda tarixni oʻqimaydi — uni his qiladi.

Markazda yaratilgan muhitda zerikishning oʻzi mumkin emas. Har bir sahna, har bir yoritilgan tafsilot o'ziga xos. Men bu yerdan ulkan minnatdorlik va hayrat bilan chiqyapman.

af