
Fikr-mulohazalar
Ilhom Aliyev
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti
Birodarim Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning dono rahbarligida O‘zbekiston taraqqiyot va bunyodkorlik yo‘lidan ishonch bilan bormoqda. Ulkan xalqaro obro‘-e’tibor, samarali iqtisodiy islohotlar, sanoat, transport, qishloq xo‘jaligi sohalaridagi keng ko‘lamli loyihalar O‘zbekistonni mintaqada yetakchi o‘ringa olib chiqdi.
Shavkat Miromonovich nafaqat dono davlat arbobi, balki O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan insondir. Ozarbayjonda uni amaliy ishlari, xalqimizga bo‘lgan samimiy munosabati uchun hurmat qilishadi va yaxshi ko‘rishadi.
Uzoqni ko‘ra biladigan siyosatchi sifatida Shavkat Miromonovich Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada yaqinlashtirish zarurligini aniq ko‘ra biladi.
Kecha biz Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘ldik. O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan bunyod etilgan ushbu markaz mamlakat rahbari O‘zbekistonning boy madaniy qadriyatlariga sodiqligining yana bir yorqin isbotidir.
Ayrim mamlakatlarda dinimizga nisbatan xurujlar kuchayib, islomofobiya tizimli tus olayotgan bir paytda, Islom sivilizatsiyasi markazining ochilishi butun dunyoga islom — bunyodkorlik, bag‘rikenglik, do‘stlik va birodarlik dini ekanini namoyon etadi. Islom olamining buyuk namoyandalari jahon ilmi va madaniyatiga ulkan hissa qo‘shgan, Islom sivilizatsiyasi markazi buni yaqqol ko‘rsatib turibdi.
Ishonchim komilki, Toshkentdagi salobati va ekspozitsiyasi jihatidan noyob bo‘lgan Islom sivilizatsiyasi markazi butun islom olamining faxr-iftixoriga aylanadi
