Saytning test versiyasi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
banner

Fikr-mulohazalar

Raja Zarit Sofiya

Malayziya qirolichasi

Islom sivilizatsiyasida ilmiy an’analarga bag‘ishlangan xalqaro  konferensiyasida sizlar bilan birga bo‘lish men uchun katta sharafdir. 

O‘zbekiston musulmon ilm-fani tarixidagi muhim markazlardan biridir. Bu hudud bilan bog‘liq nomlar bugungi kunda ham butun musulmon olamida katta ehtirom bilan tilga olinadi. Samarqand va Buxoro nafaqat go‘zalligi, balki ularda shakllangan ilmiy an’analari bilan ham mashhurdir. Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Beruniy kabi allomalarni yodga olganimizda, bu zamin ilm va sharaf ustuvor bo‘lgan sivilizatsiyaning markazida turganini anglaymiz.

Bugungi asosiy vazifa — buyuk merosni faqat maqtash emas, balki uni qayta jonlantirishdir. Bunday anjumanlar shuning uchun muhim: ular nafaqat olimlarni birlashtiradi, balki avlodlar o‘rtasidagi uzluksizlikni ta’minlaydi. Malayziya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik bilim, meros va taraqqiyotga bo‘lgan umumiy intilishni ko‘rsatadi.

Geografiya jihatidan uzoq bo‘lsak-da, biz ilm va sivilizatsiya orqali bog‘langanmiz. Islom sivilizatsiyasi hech qachon bir xalqqa tegishli bo‘lmagan — u umumiy merosdir. Biroq merosni qabul qilishning o‘zi yetarli emas. Unga munosib bo‘lish kerak. Bu esa haqiqatni izlash, kamtarlik, adolat va odob orqali amalga oshadi.

Keling, o‘tmishni nishonlash bilan cheklanmay, kelajak uchun mas’uliyatni ham o‘z zimmamizga olaylik.

Ilmni kamtarlik bilan izlaylik, hamkorlikni samimiyat bilan quraylik.

Raja Zarit Sofiya