
Fikr-mulohazalar
Kshishtof Gavkovskiy
Polsha Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi madaniyat va tarix uyg‘unlashgan noyob maskan. Ushbu majmua butun insoniyatning boy tarixiy merosiga xizmat qilmoqda.
Markaz tashrif buyuruvchilarni ta’lim, tarix va interaktiv tajribalar orqali ilhomlantiradi. Bu yerda inson faqat eksponatlarni tomosha qilib qolmaydi ularni chuqur his etadi, madaniyatni bevosita boshdan kechiradi.
Eng e’tiborlisi shundaki, tashrif buyuruvchilar artefaktlarni oddiy kuzatuvchi sifatida emas, balki zamonaviy texnologiyalar yordamida ularni o‘rganadigan va hatto ayrimlarini bevosita his qiladigan faol ishtirokchiga aylanadi.
Bu maskan o‘zining betakrorligi va go‘zalligi bilan dunyoda alohida o‘rin tutadi. Tarixga qiziqqan har bir inson O‘zbekistonga, ayniqsa Toshkentga kelib, ushbu markazda Islom sivilizatsiyasining yuragini his etishi lozim.
Bu haqiqatan ham o‘ziga xos va noyob maskan - u o‘z nuri bilan butun dunyoni yoritadi. Bilim, madaniyat va tarixni chuqur anglashga intilgan har bir inson bu yerga kelib, haqiqiy tarixni his etadi. Bu maskanda Islom sivilizatsiyasining ruhi har bir nuqtada sezilib turadi. Men, albatta, bu yerga yana qaytaman.
