
Fikr-mulohazalar
Mauro Vieyra
Braziliya Federativ Respublikasi tashqi ishlar vaziri
Bugun bu yerda bo‘lish men uchun katta mamnuniyat va yuksak sharafdir. Toshkent shahrida joylashgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi menda juda katta taassurot qoldirdi. Bu haqiqatan ham noyob va hayratlanarli maskan. Bunday muhtasham bino va yuksak ahamiyatga ega muassasani ko‘rish men uchun katta baxt bo‘ldi. Markaz nafaqat islom sivilizatsiyasining boy merosini namoyon etadi, balki O‘zbekistonning jahon sivilizatsiyasidagi muhim o‘rnini ham yorqin aks ettiradi.
