
Fikr-mulohazalar
Serdar Cham
Turkiya Hamkorlik va Muvofiqlashtirish agentligi (TİKA) prezidenti
Bu yerga kelganimizdan juda katta baxtiyorlik his qildik. Avvalo, O‘zbekiston Prezidentiga, Markaz rahbariyatiga va butun O‘zbekiston xalqiga samimiy minnatdorligimizni bildiraman. Bir musulmon va bir turk sifatida shu maskanni ko‘rish men uchun katta sharaf bo‘ldi. Bu yerda ajdodlarimiz merosi, ularning ilm-fan, madaniyat va sivilizatsiya taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi juda yuksak saviyada namoyish etilgan. Bu markaz nafaqat O‘zbekistonning, balki butun turk va islom olamining faxri bo‘ladigan maskan ekan.
Hozirgi yosh avlodga kitob o‘qitish yoki tarixni oddiy uslubda tushuntirish oson emas. Ammo bu yerda raqamli texnologiyalar, vizual yechimlar va sun’iy intellekt yordamida yoshlarning dunyoqarashiga mos zamonaviy taqdimotlar yaratilgan. Bu juda katta mehnat va yuksak tafakkur mahsuli. Ajdodlarimizning kashfiyotlari va sivilizatsiyaga qo‘shgan hissasi ana shunday zamonaviy usulda butun dunyoga ko‘rsatilmoqda. Bu haqiqatdan tahsinga sazovor
