Saytning test versiyasi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
banner

Fikr-mulohazalar

Datuk Seri Hoji Muhammad bin Sabu

Malayziya qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi vaziri

Bu yerda bir yarim soatdan ortiq vaqt bo‘ldik, ammo bu juda kamlik qildi. Aslida, ushbu muzey bilan to‘liq tanishish uchun kamida yarim kun vaqt ajratish kerak.

Chunki bu muzey islom sivilizatsiyasi tarixini yoritishda nihoyatda muhim ahamiyatga ega. U O‘zbekiston islom sivilizatsiyasining muhim markazlaridan biri ekanini namoyon etadi.

Ayniqsa, musulmonlar ham, musulmon bo‘lmaganlar ham insoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyotiga musulmon ummati qanchalik katta hissa qo‘shganini anglab yetishlari va bilishlari zarur.

Biroq mening umidim shuki, islom faqat muzeylarda namoyon bo‘lib qolmasligi kerak. Biz uni hayotda, amaliy faoliyatda ham ko‘rishimiz lozim. Ilm-fan, texnologiya va taraqqiyot sohalarida musulmonlar yana o‘z mavqeini tiklab, buyuk tarixiy merosini qayta namoyon eta olishlari kerak.

Shu nuqtayi nazardan, ushbu muzey juda muhim ahamiyatga ega. U, ayniqsa, yosh avlodga musulmonlar o‘tmishda ilm-fan sohasida jahonga yetakchilik qilganini ko‘rsatadi. Xususan, geografiya, tabiiy fanlar, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va boshqa ko‘plab sohalarda musulmon olimlar ulkan yutuqlarga erishganlar. Shuning uchun ham bu muzeyning ahamiyati beqiyosdir.

Men O‘zbekiston mamlakat va hukumati rahbariyatini shunday muhim tashabbus uchun tabriklayman. Bugungi kunda musulmonlar tarixi, islom merosi hamda ilm-fan va texnologiya taraqqiyotini yoritishga qaratilayotgan e’tibor yosh avlodning bu haqiqatlarni anglashi, ilm-fan hamda texnologiya rivojiga musulmon ummati qo‘shgan ulkan hissani qayta kashf etishi uchun juda muhimdir.

Datuk Seri Hoji Muhammad bin Sabu