
Ibrahim Yumakli
Turkiya Respublikasi Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri
Avvalo, bu buyuk san’at asari bo‘lgan markazni ifodalashga so‘zlar ojiz. “Haqiqatan ham ta’sirlandim”, deyishning o‘zi ham bu maskan menda uyg‘otgan taassurotni to‘liq ifodalab bera olmaydi. Ota-bobolarimiz merosi joy olgan ushbu qutlug‘ zaminda insonni beqiyos tarixiy sayohatga olib chiqadigan bu qadrli markazni, avvalo, butun dunyo musulmonlari, shuningdek, barcha turkiy xalqlar, san’at, tarix va o‘tmishga qiziqadigan har bir inson albatta ko‘rishi kerak. Bu — ko‘rmay turib dunyodan o‘tib ketmaslik kerak bo‘lgan maskan.
Inshaalloh, bundan buyon uchratgan va suhbatlashgan har bir insonga bu maskan haqida so‘zlab beraman.
Hurmatli O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shaxsiy qarashlari va yo‘l-yo‘riqlari asosida bunyod etilgan ushbu ulkan asar haqida so‘zlar ojiz. Qardosh O‘zbekistonni va ajdodlarimiz yashab o‘tgan ushbu betakror zaminlarni ziyorat qilish, bu bebaho meros bilan yana bir bor tarixiy sayohat qilish imkoniga ega bo‘lganimdan baxtiyorman. Shu fursatdan foydalanib, barchaga chuqur hurmatimni bildiraman. O‘zbekiston va Turkiya qardoshligi abadiy davom etadi va avloddan-avlodga yetkaziladi.

