
Fikr-mulohazalar
Stefan Krayevski
Polsha qishloq xoʻjaligi vaziri
Bu yerda uchta renessans — Oʻzbekistonning bugungi qiyofasiga taʼsir koʻrsatgan jarayonlar va buyuk insonlar yaratgan meros — bularning barchasi aniq va ixcham tarzda namoyish etilgan. Insoniyatni yangi yoʻnalishga boshlagan dastlabki oʻzgarishlar, ulkan siljishlar bu yerda yoritilgan va ularning ahamiyati beqiyos. Prezident Shavkat Mirziyoyev qarori bilan bunyod etilgan ushbu maskan tarixning boshidan hozirgi davrgacha boʻlgan jarayonni toʻliq ochib beradi. Bu markaz bugungi va kelajak avlodlar — ayniqsa bolalar va yoshlar uchun tarixni oʻrganish, anʼanalar va milliy qadriyatlarga hurmat ruhini singdirish uchun juda muhim. Bu taassurotlar uzoq yillar yodimizdan chiqmaydi. Biz Polsha-Oʻzbekiston munosabatlarini iqtisodiy sohalardan boshlab madaniyat, taʼlim va insonparvarlik masalalarigacha rivojlantirmoqdamiz. Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi eng muhim sheriklarimizdan biri hisoblanadi. Talabalar almashinuvi va ilmiy hamkorlik kabi tashabbuslar yillar davomida doimiy doʻstlik va ishonchni shakllantirishga xizmat qildi. Umid qilamanki, bu aloqalar yanada mustahkamlanadi.
