
Fikr-mulohazalar
Odil Reno-Basso
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti
Bu markaz mamlakatning boy o‘tmishi va kelajakka qaratilgan zamonaviy yondashuvi uyg‘unlashgan g‘oyat ta’sirchan maskandir. U O‘zbekistonning Sharq va G‘arbni bog‘lagan Buyuk ipak yo‘lida tutgan o‘rnini anglashga yordam beradi. Eng hayratlanarli jihati — tarixiy merosning innovatsion texnologiyalar va sun’iy intellekt vositalari bilan uyg‘unlashtirilganidir. Bu yerda o‘tmish bilan bugun o‘rtasida jonli muloqot yaratilgan. Men ushbu Markazni o‘tmish qudrati va O‘zbekistonning kelajak imkoniyatlarini yaqqol aks ettiruvchi maskan sifatida baholayman. Prezident Shavkat Mirziyoyevga ushbu ulkan tashabbusi uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.
