Saytning test versiyasi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
banner

Fikr-mulohazalar

Sara Ferru Ribeyru

Portugaliya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

Bu yerga tashrif buyurish imkoniyati uchun minnatdorlik bildiraman. Ayniqsa, Yevropa mamlakatlaridan kelgan insonlar uchun islom sivilizatsiyasini madaniyat orqali anglash juda muhim. Chunki aynan madaniyat xalqlarni bir-biriga yaqinlashtiradi va o‘zaro tushunishni mustahkamlaydi. Meni muzeydagi mozaika san’ati, qadimiy zargarlik namunalari va Usmon Mus'hafi saqlanayotgan zal juda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, ushbu zaldagi pushti marmar ustunlar Portugaliyadan keltirilganini bilish men uchun alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Markazda qo‘llanilgan raqamli texnologiyalar ekspozitsiyalarni yoshlar uchun yanada jozibador qilgan. Shu bois har bir insonga, ayniqsa, yoshlarga ushbu Markazga tashrif buyurishni tavsiya etaman

Sara Ferru Ribeyru