
Fikr-mulohazalar
Manfred Xuterer
Germaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi
Bu mening Markazga birinchi tashrifim va u menda juda katta taassurot qoldirdi. Menimcha, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilgan ushbu markaz haqiqatan ham jahon miqyosidagi buyuk loyihadir.
Bu yerda siz o‘z ildizlaringizni — islom sivilizatsiyasi va o‘zbek sivilizatsiyasi ildizlarini namoyon etyapsiz. Markazda juda ko‘p noyob xazinalar jamlangan bo‘lib, ularning ayrimlari hatto chet davlatlardan qaytarib olib kelingan.
Menimcha, bu Markaz nafaqat tarix haqida, balki kelajak haqida hamdir. Birinchi, Ikkinchi va Uchinchi Renessans g‘oyalari orqali inson kapitali, ta’lim va ma’rifatning ahamiyati alohida ta’kidlangan.
Shuningdek, bu yerda tinchlik g‘oyalari ilgari surilgan. Islom — tinchlikparvar din ekani yana bir bor namoyon bo‘ladi. O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan hamkorlik siyosati ham juda ta’sirli namunadir.
Ishonchim komilki, bu markaz O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo xalqlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, xorijiy mehmonlar, siyosatchilar va delegatsiyalar uchun ham muhim maskanga aylanadi. Yaqin oylarda Germaniyadan keladigan delegatsiyalarni albatta shu yerga olib kelamiz.
Toshkentga kelgan har bir inson bu markazni albatta ziyorat qilishi kerak. Bu yerga tashrif buyurish men uchun katta sovg‘a bo‘ldi.
