Saytning test versiyasi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
banner

Fikr-mulohazalar

Olloshukur Poshshozoda

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayxulislom

Bugun islom dunyosi uchun  muhim tarixiy kundir. I Islom sivilizatsiyasi forumi xalqlarimiz va butun insoniyat uchun xayrli bo‘lishini tilab qolaman. 

So‘zim avvalida Ozarbayjon Prezidenti janobi oliylari Ilhom Aliyevning forum ishtirokchilariga yo‘llagan salomlarini yetkazmoqchiman. 

O‘zbekiston Yaratganning luftiga sohib bo‘lgan ulug‘ maskanlardan biri. Asrlar davomida islom ma’rifatining  chirog‘i bo‘lgan. Eng og‘ir davrlarda ham mazkur nurni so‘ndirishmagan. O‘zbekiston tuprog‘ining shon-shuhrati tilllarda doston bo‘lgan. Bugun o‘z tarixining porloq  Uchinchi renessans davrini boshlagan Yangi O‘zbekistonda zoti oliylar Shavkat Mirziyoyevning boshchiligida islom dinining ilmiy tadqiqotlarga sabab bo‘layotgani diqqatga sazovor ish. 

Davlat rahbarlarimizning chuqur siyosiy iroda va ma’naviyati bilan ikki qardosh davlatning kelajagi yanada porloq bo‘lishiga ishonchim komil.

O‘zbekistonda taxsil olganim boiz bu tuproqlarning tarixi bilan yoshligimdan tanishman. Butun dunyodan ilm axtarib kelganlar uchun ma’rifat va ilm chirog‘ini yoqqan O‘zbekiston, hadis ilmi bilan musulmon olamiga tanilgan Imom Buxoriy hazratlarining yurti. Bugungi kunda esa shunday ulug‘ zot sharafiga muhtasham majmua barpo etgan va Imom Buxoriy ilmiy tadqiqot markazini tashkillashtirgan janobi oliylari Shavkat Mirziyoyevga chuqur minnatdorlik bildiraman.

Olloshukur Poshshozoda