Saytning test versiyasi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
banner

Fikr-mulohazalar

Shayx Solih bin Abdulloh bin Humayd

“Masjid al-Harom” masjidi Bosh imomi

Men ushbu tashrif va Islom sivilizatsiyasi markazini ziyorat qilish imkoniyatidan juda mamnunman. Bu yerda ko‘rganlarim, guvohi bo‘lganlarim, shuningdek, ushbu maskanning boy merosi va qadimiy tarixi haqida eshitganlarim qalbimda katta taassurot qoldirdi.

Ayniqsa, Islom tarixi va sivilizatsiyasiga bo‘lgan yuksak ehtirom meni quvontirdi. Markazda tashkil etilgan, Islom sivilizatsiyasiga bag‘ishlangan zallar Islomning buyuk merosini ulug‘lashga xizmat qilayotgani har bir musulmon uchun quvonchli holdir. Bu, albatta, barchamizning ezgu orzumizdir.

Bilamanki, bu ulkan ishlar Muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoyev janoblarining tashabbusi, doimiy e’tibori va nazorati ostida amalga oshirilmoqda. Markazda jamlangan noyob eksponatlar, butun Islom tarixini o‘zida mujassam etgan bebaho meros va bu yerdagi mahobatli muhit buning yaqqol isbotidir.

Avvalo, meni ushbu tashrifga taklif etganlari, yaratilgan imkoniyatlar, shuningdek, ko‘rsatilgan yuksak ehtirom va samimiy mehmondo‘stlik uchun chuqur minnatdorchilik bildiraman. Tashkilotchilar mehmonlar uchun barcha sharoitlarni yaratishga astoydil harakat qilgani yaqqol sezilib turibdi.

Saudiya Arabistoni xalqi va Ikki muqaddas Haram ulamolari nomidan Muhtaram Prezidentga, qardosh O‘zbekiston xalqiga va qardosh O‘zbekiston davlatiga samimiy salom va ezgu tilaklarimni yo‘llayman.

Bu tashrif Saudiya Arabistoni Podshohligi bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi mustahkam va chuqur do‘stona munosabatlarni yana bir bor tasdiqlaydi. Bu aloqalar Islom dini, Islom tarixi va ikki xalq hamda ikki davlat rahbariyatini bog‘lab turgan mustahkam rishtalarga tayanadi.

Ma’lumki, Saudiya Arabistoni Podshohligi O‘zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan olgan davlatlardan biridir. Allohdan O‘zbekistonning mustaqilligi abadiy bo‘lishini, ushbu yuksak sivilizatsiya poydevori yanada mustahkamlanishini, mamlakatga tinchlik, taraqqiyot va ravnaq ato etishini so‘rayman.

Bu yerda ko‘rganlarimning barchasi yuksak taraqqiyot sari tashlangan dadil qadamlar, xalq farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar va munosib xizmatlarning yorqin namunasidir.

Shuning uchun ham ko‘rganlarim, eshitganlarim va guvohi bo‘lganlarimdan chuqur ta’sirlanganimni yana bir bor ta’kidlamoqchiman. Menga ko‘rsatilgan yuksak ehtirom, samimiy qabul va alohida e’tibor uchun yana bir bor minnatdorchilik bildiraman.

Shayx Solih bin Abdulloh bin Humayd