Saytning test versiyasi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
banner

Fikr-mulohazalar

Marko Jurich

Serbiya tashqi ishlar vaziri

Dunyoning ko‘plab muzeylarida bo‘lganman, biroq bu maskan o‘ziga xosligi va betakrorligi bilan alohida ajralib turadi. Bu yerda sivilizatsiyaning ildizlarini his qilish mumkin.

Bu tashrif men uchun nihoyatda o‘rgatuvchi va ilhomlantiruvchi bo‘ldi. Aytishim kerakki, dunyoning turli burchaklaridan ko‘plab insonlar bu maskanga kelib, uning boy merosini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishlari zarur. Zero, O‘zbekiston ilmiy, ma’naviy, diniy, madaniy va sivilizatsion qadriyatlarning muhim manbalaridan biri hisoblanadi va bu haqda yanada chuqurroq bilishimiz kerak.

Shuningdek, muzeyshunoslik nuqtai nazaridan ham sizlarni alohida tabriklayman. Bu - haqiqatan ham yuqori daraja, yangi bosqichdir. Bunday imkoniyatga ega bo‘lganimdan benihoya mamnunman

Marko Jurich