
Sayid Fayzuddin Putra ibn Tuanku Sayid Sirojiddin Jamalullayl
Malayziyaning Perlis shtati shahzodasi
Prezidentga, O‘zbekiston hukumatiga va xalqiga samimiy tabriklarimni yo‘llayman. Bu haqiqatan ham ajoyib va betakror Islom sivilizatsiyasi markazi. Menimcha, ayniqsa, musulmon sifatida bunday markaz mavjudligidan barchamiz faxrlanishimiz kerak. Bunday maskanning go‘zal O‘zbekistonda barpo etilgani quvonarli.
Menga, ayniqsa, bu yerdagi yaxlit konsepsiya — islomdan avvalgi davrdan boshlanib, Amir Temur davri sivilizatsiyasi va bugungi O‘zbekistongacha bo‘lgan taraqqiyot jarayonining izchil va ta’sirchan namoyish etilgani juda yoqdi. Bu maskan orqali mamlakat ruhini his qilish mumkin. O‘zbekiston xalqi qanday qilib birgalikda yangi, yanada farovon va hamjihat jamiyat barpo etish yo‘lidan borayotganini anglash mumkin. Yoshlar, albatta, bu yerga kelib, o‘tmishda qanday bo‘lganingizni, bugun qayerda turganingizni va kelajakda mamlakatingiz uchun nimalar qilishni istashingizni his etishlari va anglashlari kerak. Men uchun buni bir so‘z bilan ifodalash mumkin: bu — O‘zbekistonning butun dunyoga taqdim etgan eng yaxshi sovg‘asi

