
G‘ulomrizo Nuri Qiziljeh
Eron Islom Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri
Bugun O‘zbekistonda bunyod etilgan ushbu ajoyib majmua — O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bilan tanishish sharafiga muyassar bo‘ldim. Bu tashrifdan mamnunman. Markaz ijodkorlari va uni yaratishda ishtirok etgan mutaxassislar juda ulkan va tahsinga loyiq ishni amalga oshirgan.
Bu yerda, avvalo, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boy tarixi keng yoritilgan. Shu bilan birga, islom dinining mintaqadagi tarixi, uning mohiyati, ma’rifat va ma’naviyatga, bunyodkorlikka asoslangan qadriyatlari ham keng namoyon etilgan.
Ushbu markazni yaratish tashabbusini ilgari surgan va uni amalga oshirishda ishtirok etgan barcha insonlarga, birinchi navbatda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev janobi oliylariga chuqur minnatdorlik bildiramiz.
Menimcha, Markazning yana bir muhim jihati shundaki, u o‘tmishni shunchaki namoyish etibgina qolmay, uni kelajak bilan bog‘laydi. Tarix va islom sivilizatsiyasi merosini namoyon etish orqali insonlarni taraqqiyot va ezgu rivojlanish g‘oyalari sari yo‘naltiruvchi muhim ma’rifiy makon sifatida namoyon bo‘ladi.

