Fikr-mulohazalar

Malik Otarbayev

Malik Otarbayev

Qozog‘iston prezidenti maslahatchisi

Albatta, Prezidentimiz Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev ham ushbu markazga kelib, uning faoliyati bilan tanishgan. Biz ham bu markazdan juda katta taassurot oldik. Bu yerda nafaqat O‘zbekiston tarixi, madaniyati, adabiyoti va san’ati, balki butun insoniyatga namuna bo‘ladigan turkiy dunyo tarixi va madaniyati, uning yaxlit tarixiy xaritasi keng namoyon etilgan. Ayniqsa, Sharq olamining durdonasi bo‘lgan, uchinchi xalifa Usmon ibn Affon o‘qigan Qur’oni karimning aynan shu markazda saqlanayotgani uning nufuzi va maqomini yanada yuksaltiradi.

Biz markazdagi har bir ekspozitsiya katta mehr va mas’uliyat bilan tayyorlanganiga guvoh bo‘ldik. Har bir ekspozitsiya o‘z tilida so‘zlayapti, bu yerdagi har bir detal bejiz va tasodifan yaratilmagani yaqqol sezilib turibdi. Markazning barpo etilishida ham, har bir ekspozitsiyaning joylashuvida ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning bevosita qo‘llab-quvvatlashi, ta’siri va shaxsiy yondashuvi bor. Shu ma’noda, ushbu markazni Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning qo‘lyozmasi, uning qalbida asrab kelgan ma’naviy boyligining ifodasi, deb baholaymiz. Menimcha, nafaqat O‘zbekiston va Qozog‘iston xalqlari, balki butun dunyo hamjamiyati ushbu markaz bilan tanishishi kerak. O‘zbek xalqining bunday ulkan yutuqqa erishganidan biz doimo faxrlanamiz. Qozoq-o‘zbek qardoshligi va do‘stligi abadiy bo‘lsin, yanada mustahkamlanaversin