Fikr-mulohazalar

Xalilur Rahmon

Xalilur Rahmon

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi raisi Xalilur Rahmon

Men Markaz ekspozitsiyalaridan nihoyatda katta taassurot oldim. Har bir tarixiy davrning puxta yoritilgani, har bir eksponatning nihoyatda sinchkovlik bilan tanlangani tahsinga sazovor. Bu — Prezident Shavkat Mirziyoyevning butun insoniyatga qilgan buyuk tuhfasidir. U bizning umumiy o‘tmishimizni bugungi kunga olib chiqib, uni kelajakka yo‘l ko‘rsatuvchi manbaga aylantirdi.

O‘zbekiston qadimdan Buyuk ipak yo‘lining markazida turgan. Boburiylar sulolasi ham aynan shu zamindan kelib chiqqan. O‘z davrida bu hudud jahon sivilizatsiyasining muhim markazlaridan biri bo‘lgan. Bugun O‘zbekiston ilm-fan, san’at, falsafa va tibbiyot sohalarida jahon taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasini yana butun dunyoga namoyon etmoqda. Bu — haqiqiy Renessans. Prezident Shavkat Mirziyoyev nafaqat O‘zbekiston, balki islom sivilizatsiyasi uchun ham Uchinchi Renessans g‘oyasini ilgari surayotganidan juda mamnunman