
Abdusaid Ko‘chimov
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori
Bugun Islom sivilizatsiyasi markaziga nafaqat davlat rahbarlari, siyosatchilar va tadbirkorlar, balki dunyoning taniqli jurnalistlari, xalqaro axborot agentliklari vakillari ham tashrif buyurmoqda. Rossiyalik hamkasblarimiz hali O‘zbekistonga kelmasidan avval ham Markazni ko‘rish istagini bildirgan edilar. Bugun ularning ekspozitsiyalar bilan tanishish jarayonidagi hayratini, olgan taassurotlarini ko‘rib turibmiz. Dunyo e’tiborini tortayotgan bunday majmuaning yurtimizda bunyod etilgani menda katta faxr tuyg‘usini uyg‘otadi

