Saytning test versiyasi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
banner

Fikr-mulohazalar

Qodirov Alisher Keldiyevich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi fraksiyasining rahbari

Albatta, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan barpo etilgan ushbu Islom sivilizatsiyasi markazi nafaqat islom sivilizatsiyasi tarixini, balki millatimizning kelib chiqishi, taraqqiyoti, kechagi va bugungi hayotini ham aniq, lo‘nda va har bir insonga tushunarli tarzda namoyon etadigan noyob maskandir.

Bu markaz millatimiz va davlatimiz g‘ururini yuksaltiruvchi, xalqimizning tarixda tutgan yuksak o‘rni va buyuk salohiyatini yaqqol namoyon qiladigan dargoh ekan.

Men shaxsan bu yerdan juda katta taassurot bilan chiqyapman. Go‘yoki bo‘yim bir necha barobarga o‘sganday, ongim va tafakkurim yanada boyiganday his qildim. Qalbimda yurtim va xalqim bilan faxrlanish tuyg‘usi yanada mustahkamlandi.

Menimcha, bu yerga O‘zbekistonning har bir fuqarosi farzandlari bilan kelishi kerak. Chunki biz nafaqat o‘zimiz, balki kelajak avlod ham ana shunday g‘urur va iftixor tuyg‘usi bilan ulg‘ayishiga erishishimiz lozim. Ana shunda Yangi O‘zbekistonimiz o‘zining boy tarixi, yuksak madaniyati va buyuk merosi bilan dunyo maydonida yanada munosib o‘rin egallaydi, uni butun jahonga munosib tarzda namoyon etish imkoniga ega bo‘lamiz.

Qodirov Alisher Keldiyevich