Saytning test versiyasi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
banner

Fikr-mulohazalar

Sherzodxon Qudratxoʻja

OʻzJOKU rektori

- Bizning bobolarimiz boshqalar hali kitob oʻqishni bilmagan davrlardayoq kitob yozgan, ilm-fan bilan shugʻullangan daholar boʻlgan. Ajdodlarimiz dunyodagi eng noyob usturlob va ilmiy asboblar orqali osmon jismlarining harakatini hisoblab, hozirgi zamonaviy kompyuterlar bilan taqqoslaganda kichik sekundgagina farq qilgan natijalarga erishgan. Bu ularning beqiyos ilmiy salohiyati va zehnini koʻrsatadi.

Bu loyiha Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilgan boʻlib, butun Turon va Osiyo zaminida, Islom sivilizatsiyasi taraqqiyotida olimlarimiz tutgan oʻrnini yoritishga xizmat qiladi. Amerikalik professor Frederik Star taʼkidlaganidek, “Oʻzbekiston tarixi qorongʻi xonada yotgan edi”, bugun esa qorongʻilik ketib, Renessans nuri kirib kelmoqda va yangi tarixiy sahifalar ochilmoqda

Sherzodxon Qudratxoʻja