
Islom sivilizatsiyasi markazi haqida xorijiy nashrlar va axborot agentliklaridagi materiallar.
Xorijiy nashrlar va axborot agentliklari Islom sivilizatsiyasi markazi haqida nimalar yozmoqda.


O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining tantanali ochilishi munosabati bilan Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (AYSESKO) bosh direktori o‘rinbosari Abdelilla Benarafa o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Orexca sayti O‘zbekiston va Markaziy Osiyo bo‘ylab sayohatga ixtisoslashgan manba sifatida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga alohida e’tibor qaratgan. Nashrda ta’kidlanishicha, mazkur markaz XXI asrdagi eng yirik madaniy va ilmiy loyihalardan biri bo‘lib, ko‘p asrlik merosni zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirgan holda, nafaqat muzey, balki ta’lim va xalqaro muloqot uchun muhim platforma vazifasini bajaradi.

Nufuzli “The Times of Central Asia” nashri tomonidan Toshkentda barpo etilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ochilishiga bag‘ishlangan post xalqaro ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.