
Markaz yangiliklari: tadbirlar va konferensiyalar, loyihalar va xalqaro tashabbuslar, delegatsiyalar tashrifi hamda ilmiy materiallar.



O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining tantanali ochilishi munosabati bilan Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (AYSESKO) bosh direktori o‘rinbosari Abdelilla Benarafa o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning shaxsiy tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi dunyo jamoatchiligining e’tiborini jalb qilishda davom etmoqda. Bu unikal kompleks O‘zbekistonning madaniy diplomatiyasida muhim bosqichga aylandi. Xalqaro aloqalar rivojlanib borayotgan sharoitda Markazga Serbiya Madaniyat vazirligi delegatsiyasi tashrif buyurdi. Delegatsiyaga Serbiya madaniyat vazirligi davlat kotibi Lav Paykich rahbarlik qildi, uning bilan Milliy muzey direktori va Tarixiy muzeyning vaqtincha direktori hamrohlik qildi.