
1435
Klaus Shtruns: Toshkent mediaforumi doimiy global muloqot maydoniga aylanishi mumkin
Bugun xalqaro mediaforumlar turli mamlakatlar jurnalistlari, media vakillari va ekspertlarini bir maydonda birlashtirib, tarix, madaniyat va zamonaviy taraqqiyot haqida ochiq muloqot olib borish uchun muhim platformaga aylanmoqda, dedi Euronews bosh ijrochi direktori va tahririyat direktori Klaus Shtruns. Uning fikricha, bunday forumlarni muntazam davom ettirish Islom sivilizatsiyasining boy tarixi, bugungi ahamiyati va kelajakdagi o‘rnini xalqaro auditoriyaga zamonaviy shaklda yetkazish imkonini kengaytiradi.




