
382
III O‘zbekiston–Rossiya mediaforumida madaniy meros va ma’rifiy hamkorlikka oid yangi tashabbuslar ilgari surildi
Toshkentda III O‘zbekiston–Rossiya mediaforumi o‘z ishini boshladi. Ikki mamlakatning yetakchi ommaviy axborot vositalari rahbarlari, jurnalistlar, davlat idoralari va media sohasi vakillarini birlashtirgan xalqaro anjumanda axborot sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, raqamli jurnalistika, sun’iy intellekt, milliy qadriyatlarni asrash va qo‘shma medialoyihalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda.




