
1390
Londondan qaytarilgan Qo‘qon xoni qilichi: o‘zbek harbiy san’atining mukammal namunasi ekspozitsiyada
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasidan o‘rin olgan Qo‘qon xoni qilichi XIX asrga mansub bo‘lib, u yurtimiz harbiy madaniyati va qurolsozlik san’atining yuksak namunasidir. Ushbu eksponat Qo‘qon xonligi davriga oid, oltin, qimmatbaho toshlar va po‘latdan ishlangan. Qilichning umumiy uzunligi 92 santimetrni tashkil etadi. Bu noyob artefakt Londondagi Amir Muhtashamiy kolleksiyasidan vatanimizga qaytarilgan.




