
Markaz yangiliklari: tadbirlar va konferensiyalar, loyihalar va xalqaro tashabbuslar, delegatsiyalar tashrifi hamda ilmiy materiallar.


Axborot manbasini aniqlash, ma’lumot kimdan olinganini tekshirish, turli rivoyatlarni o‘zaro solishtirish va ishonchli dalilni shubhali xabardan ajratish bugungi axborot makonining eng dolzarb masalalaridan biriga aylangan. Bundan qariyb o‘n ikki asr muqaddam Imom Buxoriy hadislarni saralashda manba zanjiri, roviylar ishonchliligi va rivoyatlarni qiyosiy tekshirishga tayangan ilmiy an’ananing eng mukammal namunalaridan birini namoyon etgan edi.


YUNESKO Bosh qarorgohida o‘tkazilgan xalqaro konferensiya 300 nafardan ziyod olimlar, diplomatlar va yetakchi xalqaro tashkilotlar vakillarini bir joyga jamlab, Markaziy Osiyoning ilmiy va ma’naviy merosini jahon hamjamiyatiga taqdim etish yo‘lida muhim bosqich bo‘ldi.