
981
Usmon Mushafi raqamlashtiriladi: elektron nusxa va faksimile nashr yaratilmoqda
Oʻzbekistonda muqaddas islom manbalarini chuqur tadqiq etish, ularni asrash va keng jamoatchilikka yetkazish yoʻlida navbatdagi muhim ilmiy-loyiha amalga oshirilmoqda. Islom sivilizatsiyasi markazi tashabbusi bilan Toshkentda saqlanayotgan, dunyodagi eng qadimiy Qurʼon nusxalaridan biri — Usmon Mushafi ustida keng koʻlamli tadqiqotlar olib borilmoqda.




