
Markaz yangiliklari: tadbirlar va konferensiyalar, loyihalar va xalqaro tashabbuslar, delegatsiyalar tashrifi hamda ilmiy materiallar.


Yaponiyaning nufuzli “The Japan News” nashrida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan «O‘zbekiston milliy birdamlik asosida taraqqiy etishga intilmoqda» sarlavhali maqola chop etildi. Maqola muallifi — Muhsinxo‘ja Abdurahmonov, O‘zbekistonning Yaponiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.


Yamanning «SABA» axborot agentligi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yangi Toshkentda o‘tkazilgan tantanali marosimdagi nutqi haqida maqola e’lon qildi. Unda davlat rahbari O‘zbekiston taraqqiyotning yangi bosqichiga kirganini ta’kidlab, kelgusi o‘n yillik milliy yuksalish o‘n yilligi bo‘lishini qayd etgan. Prezident, shuningdek, inson kapitali, iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, ekologiya, qonun ustuvorligi, mahalliy jamoalarni rivojlantirish hamda tinchlik va bag‘rikenglikni mustahkamlashga qaratilgan yettita milliy dastur amalga oshirilishini ma’lum qilgan.