Saytning test versiyasi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
banner

Fikr-mulohazalar

Aleksandr Vuchich

Serbiya Prezidenti

Men sizning Prezidentingizni va mamlakatingizni ana shunday muhtasham majmua ishga tushayotgani bilan tabriklamoqchiman. Avvalo bizga ushbu muhtasham markaz bilan yaqindan tanishish imkoni berilgani uchun minnatdorlik bildiraman.  Bu yirik ilmiy-maʼrifiy markaz nafaqat xorijdan kelgan mehmonlar uchun, balki yosh avlod vakillari uchun  ham juda katta ahamiyatga ega. Chunki ular bu markaz orqali oʻzbek xalqi madaniyati va  tarixi bilan tanisha oladilar. Shuning uchun men bugun juda koʻp narsani oʻrgandim deb oʻylayman va albatta bu yerga yana qaytaman. Chunki Islom sivilizatsiyasi markazi nihoyatda zamonaviy va ajoyib usulda bunyod etilgan. Men bunga oʻxshash markazni avval hech qayerda  koʻrmaganman. Men  serbiyalik barcha vatandoshlarimga shunday degan boʻlardim: “Azizlarim, men juda katta xato qilganman, chunki Oʻzbekistonga  ilgari hech qachon kelmaganman. Iltimos, imkon qadar tezroq bu yurtni koʻrish uchun kelinglar.

af