Saytning test versiyasi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
banner

Fikr-mulohazalar

Toni Bler

Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri, Global oʻzgarishlar instituti raisi

Bunday ko‘lamdagi, bunday ta’sirchan va mazmunan chuqur loyihani amalga oshirish uchun katta ko‘ra bilish salohiyati, tasavvur va jasorat talab etiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev asrlar sinoviga dosh beradigan, vaqt o‘tgani sayin ahamiyati yanada ortib boradigan maskan yaratdi.

Bu Markaz nafaqat muayyan tarixiy davr yoki madaniy meros haqida so‘zlaydi. U sivilizatsiya haqidagi muayyan g‘oyaga, insonlarni birlashtiruvchi ma’rifat va bag‘rikenglik tamoyillariga bag‘ishlangan. Shu bilan birga, u Prezidentning tashabbuskorligi, amaliy irodasi va katta g‘oyalarni hayotga tatbiq etish qobiliyatining yorqin ifodasidir.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi — men dunyoning turli joylarida ko‘rgan eng e’tiborga molik maskanlardan biridir. Men ko‘p mamlakatlarda bo‘lganman, ko‘plab tarixiy va zamonaviy inshootlarni ko‘rganman, ammo bu Markaz alohida taassurot qoldiradi.

U Islom sivilizatsiyasi, uning boy merosi va O‘zbekistonning uch Renessansi haqida chuqur tasavvur beradi. Bu yerning ruhi — uyg‘unlik, bag‘rikenglik, tinchlik va insonlarni birlashtirish g‘oyalariga asoslangan. Shu ma’noda, Markaz nafaqat muzey, balki xalqlar va madaniyatlar o‘rtasidagi muloqot maydonidir. O‘zbekiston bu bilan chindan ham faxrlanishi kerak.

Markazning Oksford va Kembrij bilan hamkorlik qilayotgani meni quvontirdi. Buyuk Britaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi bu yaqin ilmiy-madaniy bog‘liqlik juda muhim.

Bu yerda namoyish etilayotgan ayrim artefaktlar avval Buyuk Britaniyada bo‘lgan, endilikda esa ular o‘z tarixiy zaminida turibdi. Umid qilamanki, bu holat faqat o‘tmish bilan bog‘liq ramz bo‘lib qolmaydi, balki O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi kelajak hamkorligi uchun muhim belgiga aylanadi.

Toni Bler