
Fikr-mulohazalar
Andrey Babish
Chexiya Respublikasi Bosh vaziri
Bu muzeyni ta’riflashga so‘z topish qiyin — chinakamiga hayratlanarli. Afsuski, vaqtimiz juda cheklangan, albatta yana bir kun qaytib kelishim kerak bo‘ladi. Biz O‘zbekistonda endigina bor-yo‘g‘i bir necha soat bo‘ldik, ammo mamlakatingiz menda juda katta taassurot qoldirdi.
Bu buyuk mamlakat — boy tarixga, ajoyib insonlarga, ayniqsa, salohiyatli yosh avlodga ega. Bugun sizning Bosh vaziringiz bilan uchrashdik, ertaga esa — Prezidentingiz bilan uchrashishni intiqlik bilan kutyapman. Bu men uchun bu juda noyob imkoniyat.
Afsuski, faqat bir kunlik tashrif bilan keldik, lekin chex kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirish uchun katta imkoniyatlar borligini ko‘rdim. Bu yerda taxminan 50 ga yaqin Chexiya kompaniyalari faoliyat yuritmoqda va biznes forum juda yuqori darajada o‘tdi. Men bundan nihoyatda mamnunman.
Sizning mamlakatingiz Markaziy Osiyoda juda muhim o‘rin tutadi. Albatta, biz ko‘plab imkoniyatlarni ko‘ryapmiz. Bosh vaziringizning nutqi juda aniq va mazmunli bo‘ldi, biz bu tavsiyalarni albatta inobatga olamiz. Shuningdek, mamlakatingizdan ayrim kompaniyalar bizning yurtimizda ham faoliyat yuritayotgani quvonarli, albatta.
Hammasi juda ajoyib. Umrimda bunday muzeyni hali ko‘rmaganman. Rostdan ham nihoyatda ta’sirli. Tabriklayman
