Saytning test versiyasi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
banner

Fikr-mulohazalar

Ali Asadov

Ozarbayjon Respublikasi Bosh vaziri

Men hayratdaman. Islom sivilizatsiyasi markazining ulug‘vorligi meni chuqur taassurotga soldi. Bu yerda muhtaram Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida, shu vazifa yuklatilgan mas’ullar bilan hamkorlikda Islom tarixi mukammal tarzda qayta yaratilgan.

Barcha ekspozitsiyalar tarixiy haqiqatga mos ravishda, yuksak badiiy did va katta mahorat bilan yaratilgan. Men ishonch bilan aytamanki, dunyoda o‘xshashini topish qiyin bo‘lgan bu markaz Islom sivilizatsiyasining butun ulug‘vorligini namoyon etadi.

Ishonchim komilki, markazda aks ettirilgan Islom Renessansining uch bosqichi uzoq yillar davomida yosh avlodga ta’lim va tarbiya beradi, ularga tarixni anglatadi va har bir insonga, uning dini va e’tiqodidan qat’i nazar, ma’naviy saboq beradi.

Men Ozarbayjon fuqarosi sifatida O‘zbekistonga va uning mehmondo‘st xalqiga cheksiz hurmat va hayrat bilan qarayman. Barcha tashkilotchilarga muvaffaqiyat, baxt va sog‘lik tilayman. Bu zamonaviy san’at va ilmiy tafakkurning haqiqiy shohasaridir

Ali Asadov