
Yanosh Ader
Vengriyaning sobiq Prezidenti
Tashrifimiz davomida biz katta taassurot va syurprizga duch keldik. Ko‘rgazma haqiqatan ham ajoyib taassurot qoldirdi. U biz nisbatan kam biladigan tarixiy davrlar va jarayonlarni chuqurroq anglash imkonini beradi. Eng muhimi, bu yerda an’anaviy tarixiy va muzeyshunoslik yondashuvlari zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yechimlar bilan juda yaxshi uyg‘unlashtirilgan.
Umuman olganda, Markaz va uning muzeyi biz kutganimizdan ham ko‘proq taassurot qoldirdi. Bu yerda tarixiy merosni saqlash, uni o‘rganish va kelajak avlodga yetkazish borasida katta ishlar amalga oshirilgani ko‘rinib turibdi. Ayniqsa, tarixiy ma’lumotlar bilan zamonaviy texnologiyalarning uyg‘unligi ekspozitsiyani yanada jonli va tushunarli qilgan. Bu esa nafaqat tarixga qiziqadigan mutaxassislar, balki yoshlar va keng jamoatchilik uchun ham muhim deb o‘ylayman.

