Saytning test versiyasi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
banner

Fikr-mulohazalar

Armen Sarkisyan

Armaniston Respublikasining sobiq prezidenti

— Avvalo, meni Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurish uchun taklif etgan ushbu markaz direktori va O‘zbekistonlik do‘stlarimga minnatdorlik bildiraman. Bu markaz sivilizatsiya, insoniyat va ming yillar davomida shu zaminda yashab kelgan O‘zbekiston xalqi haqidagi ajoyib hikoyalarni o‘zida mujassam etgan. Ular umumiy tariximiz, ilm-fanimiz, madaniyatimiz va e’tiqodimizga ulkan hissa qo‘shgan.

Bu yerga kelish shunchaki tarixiy tashrif emas. Bu inson ruhi uchun ham alohida ahamiyatga ega sayohatdir. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, O‘zbekiston nafaqat buyuk tarixga, buyuk yetakchilarga va boy madaniyatga ega mamlakatdir va bu ulkan yutuq bilan sizlarni tabriklayman. Bu nafaqat millatingiz tarixi uchun, nafaqat din va Islom uchun, balki butun insoniyat uchun qo‘shilgan beqiyos hissadir.

Armen Sarkisyan