
Fikr-mulohazalar
Aleksandr Turchin
Belarus Respublikasi Bosh vaziri
-Bu maskan, bir tomondan, juda keng qamrovli va puxta o‘ylangan majmua bo‘lsa, ikkinchi tomondan, insonni ming yillar qa’ridan bizgacha yetib kelgan buyuk sivilizatsiyalar bilan yuzma-yuz qo‘yadi. Bu yerda tug‘iladigan his-tuyg‘ularni birgina so‘z bilan ifodalash qiyin. Muzey haqiqatan ham hayratlanarli darajada ta’sirchan va mazmunli. Menimcha, uni imkon qadar tezroq ochish zarur. Zero, qancha ko‘p insonlar ushbu ekspozitsiya bilan tanishsa, islom sivilizatsiyasining haqiqiy mohiyatini, uning ilm-fan va taraqqiyotga qo‘shgan ulkan hissasini shuncha teranroq anglaydi. Kecha biz Samarqandda bo‘ldik va u yerda ham juda boy tarixiy ma’lumotlarni oldik. Bugun esa ko‘rganlarimiz va eshitganlarimiz o‘zaro uyg‘unlashib, yaxlit tasavvur hosil qildi. Bunday bilim va taassurotlar inson xotirasida uzoq saqlanadi, uni yanada chuqur o‘ylashga, anglashga undaydi. Men O‘zbekistonga Uchinchi Renessans davrini tilayman. U kuchli va bardavom bo‘lsin. Bugun mamlakatingiz jadal sur’atlarda rivojlanmoqda, xalqingiz esa ilm-ma’rifatga chanqoq va intiluvchan. Biroq taraqqiyot yanada yuksak bosqichga ko‘tarilishiga ishonaman. Markaz haqidagi taassurotlarim juda yuqori. Bugun biz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti — Shavkat Mirziyoev bilan ham uchrashdik. Suhbat davomida bir qator muhim masalalar muhokama qilindi. Men davlat rahbarining tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami va salmog‘idan chuqur ta’sirlandim. Bunday keng qamrovli, ulkan va strategik ahamiyatga ega loyihalar yurt kelajagiga xizmat qilishi shubhasiz. Ishonamanki, bunday noyob va bebaho maskanlar yaratishda davlat rahbarining hissasi bundan keyin ham sezilarli bo‘ladi.
