
Fikr-mulohazalar
Paolo Zampolli
AQSh Prezidentining maxsus vakili
Bu yerda meni eng koʻp hayratga solgan narsa, shubhasiz, muqaddas Qurʼoni karim boʻldi. Uni sentabr oyida koʻrish sharafiga muyassar boʻlgan edim. Kecha delegatsiya aʼzolari bilan ham kelgandim. Bugun yana qaytib keldim va endigina yetib kelgan oʻgʻlimga ham uni koʻrsatishni istadim. Bu men uchun juda noyob va qadrli holat boʻldi.
Umuman olganda, Islom sivilizatsiyasi markazi nihoyatda taʼsirli maskan. Menimcha, har safar Toshkentga kelganimda bu yerga albatta tashrif buyuraman. Boshqalarga ham shuni tavsiya qilaman: Toshkentga kelishning oʻziyoq arziydi, ammo hech boʻlmaganda shu markazni koʻrish uchun albatta kelish kerak. Oʻzbekiston juda chiroyli mamlakat, bu markazda amalga oshirilgan ishlar esa nihoyatda puxta, yuksak saviya va katta masʼuliyat bilan bajarilgan. U menda juda katta taassurot qoldirdi.
Shu munosabat bilan Prezident janoblariga, ushbu markazni qoʻllab-quvvatlayotgan barcha insonlarga va bu yerda fidokorona faoliyat yuritayotgan jamoaga chuqur minnatdorligimni bildiraman.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning faoliyatiga baho berar ekanman, aytishim mumkinki, u tinchlikparvar, yuksak insoniy qadriyatlarga ega va kelajakni oʻylaydigan rahbardir. U bolalar va kelajak avlod taqdiri haqida qaygʻuradi, insonlarni birlashtira oladi va Oʻzbekistonni chin dildan sevadi. Uning asosiy maqsadi — mamlakatni jahon maydonida munosib oʻringa olib chiqishdir.
Biz birgalikda Boeing kompaniyasi bilan bogʻliq muhim kelishuvlar ustida ham ishladik. Natijada Oʻzbekistonda koʻplab yangi samolyotlar paydo boʻladi. Oʻzbekiston Markaziy Osiyo uchun Istanbul va Dubay singari yirik aviaportga aylanish imkoniyatiga ega, va biz aynan shu yoʻnalishda samarali hamkorlik qilmoqdamiz.
