Saytning test versiyasi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
banner

Fikr-mulohazalar

Aleksandr Ogorodnikov

Belarus Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi

Bu yerda asrlar, bir necha ming yillar davomidagi tarix namoyon etilgan. Barcha davrlar menga qiziq, chunki har birida ko‘plab qiziqarli jihatlarni topish va ularni bugungi kun bilan qiyoslash mumkin.

Hatto shubha ham qilmaymanki, yosh avlod uchun bu markaz eng avvalo ta’limiy ahamiyatga ega. Chunki bu yerga kelib, jonli ko‘rishning ta’siri boshqacha — buni hech qanday tarix darsida yoki boshqa mashg‘ulotda o‘qituvchi to‘liq yetkazib bera olmaydi. Sinfxonada bu qadar go‘zallikni, san’atning chuqurligini, insoniyatning imkoniyatlarini, hatto siyosatni, harbiy yo‘nalishlarni, san’at va sportni bir butun holda ko‘rsatib bo‘lmaydi. Bu yerda esa hammasi mujassam. Shuning uchun, menimcha, yoshlar uchun bu shunday maskanki, bir marta kelib ketish uchun emas, balki har safar kelganda yangi bir tarixiy jihatni, avval ko‘rmagan yangi bir muzey elementini kashf etish mumkin. Menimcha, Islom sivilizatsiyasi markazining eng katta qadriyati ham ana shunda.

Yaratilgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqiqatan ham islom dinining mohiyatini, uning paydo bo‘lishidan tortib bugungi kungacha bo‘lgan tarixini juda chuqur ochib beradi. Shuning uchun men ishonamanki, bu markaz barcha fuqarolar uchun ularning e’tiqodi, kelib chiqishi, moddiy ahvoli yoki dinidan qat’i nazar qiziq. Bu shunday maskanki, u bizga tarixni, yer yuzidagi tinchlikni qadrlashni va kelajak avlodlar uchun o‘tmishni bilish qanchalik muhim ekanini anglashni o‘rgatadi.

Aleksandr Ogorodnikov