
Fikr-mulohazalar
Frederik Bressan
Temuriylar tarixi va san’atini o‘rganish uyushmasi prezidenti
Men juda hayratdaman, chunki bunday maxsus xonani ko‘raman, deb umuman kutmagan edim. Ayniqsa, Temuriylar jamiyati logotipini ko‘rib, juda faxrlandim. Bu jamiyat ko‘p yillardan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Men uchun eng ta’sirli jihat — ushbu jamiyatning kamtarona tashabbus sifatida boshlanib, bugun 37 yil davomida barqaror faoliyat yuritib kelayotganidir. Buning barchasi Amir Temur va Temuriylar merosi bilan bog‘liq. Ayniqsa, men Mirzo Ulug‘bekni juda qadrlayman. Biz Temuriylar merosini Fransiya, Yevropa va Amerikada keng targ‘ib qilib kelyapmiz. Shu maqsadda ko‘plab ilmiy anjumanlar, tadqiqotlar va madaniy tadbirlar amalga oshirildi. Bugun esa O‘zbekistonda shunday zamonaviy Markaz barpo etilganini ko‘rib, juda xursandman.
Markazdagi ekspozitsiya va taqdimot juda puxta va yuqori darajada tashkil etilgan. Bu joy ko‘plab insonlarni jalb etadi va ularda chuqur taassurot qoldiradi. Bu yerdagi noyob eksponatlar va boy meros haqiqatan ham yuksak bahoga loyiq. Ayni paytda uyushma tomonidan “Passion Ouzbékistan” — “O‘zbekistonga muhabbat” nomli kitob ustida izchil ish olib borilmoqda. Ushbu nashr so‘nggi o‘ttiz yil davomida amalga oshirilgan faoliyatni umumlashtirib, o‘zbek va fransuz xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni yoritishga qaratilgan. Bugun bu boy merosni dunyoga namoyon etish uchun yaratilgan imkoniyatlar meni juda quvontiradi.
