Saytning test versiyasi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
banner

Fikr-mulohazalar

Yozef Sikela

Yevropa Ittifoqining Xalqaro sherikliklar boʻyicha komissari

– Men juda hayratdaman. Fikrimcha, bu juda zamonaviy va taʼlimiy yondashuv orqali nafaqat mamlakatingiz tarixini, balki islom tarixini ham keng jamoatchilikka tanishtirishning eng zoʻr usuli. Islom sivilizatsiyasi markazining ochilishi bilan mamlakatingiz, jumladan, Toshkent kabi goʻzal shahar yanada yangi, jozibadorlik kasb etmoqda. Bu esa mamlakatingizga yanada koʻproq mehmonlar va sayyohlar kelishiga xizmat qiladi. Tabriklayman, chunki bu juda muhim tashabbus. Biz qaysi ildizdan kelayotganimizni unutmaslik nihoyatda zarur. Bu Markaz haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev janoblari maʼlumot berganlarida asosiy gʻoyasi aholiga tarix haqida koʻproq maʼlumot yetkazish, islom dinini tinchliksevar va bagʻrikenglik dini sifatida  taqdim etishdan iboratligini qayd etdi. Janob Prezidentning tavsiyasi bilan biz ushbu Markazni koʻrishga qiziqdik

af