Saytning test versiyasi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
banner

Fikr-mulohazalar

Dilma Rusef

Yangi taraqqiyot banki prezidenti

Menda bu Markaz haqida juda ko‘p va juda iliq taassurotlar qoldi. Avvalo, bu binodagi har bir jihatning yuksak sifat bilan amalga oshirilgani meni hayratga soldi. Devorlardagi nafis naqshlar, eshiklardagi nozik qo‘l mehnati, muzeyning har bir burchagida namoyon bo‘lgan hunarmandchilik an’analari juda ta’sirli ekan.

Shu bilan birga, bu yerda turli tarixiy davrlar va sivilizatsiyalar ta’siri o‘zaro uyg‘unlashib, insonni islom olamining boy ma’naviy muhitiga olib kiradi. Bu shunday sivilizatsiyaki, u insoniyatga matematika, astronomiya, adabiyot va she’riyat sohalarida beqiyos bilimlar taqdim etgan, xalqlar o‘rtasidagi hamjihatlik va hamkorlik g‘oyalarini targ‘ib qilgan. Ekspozitsiyalar orqali shaharlar qanday shakllangani va taraqqiy etganini ham yaqqol ko‘rish mumkin.

Menga, ayniqsa, Renessans g‘oyasi katta taassurot qoldirdi. Bu yerda Birinchi Renessans, Ikkinchi Renessans va Uchinchi Renessans o‘rtasidagi tarixiy va ma’naviy bog‘liqlik juda ta’sirchan tarzda namoyon etilgan. Bugungi Uchinchi Renessans g‘oyasi O‘zbekiston Prezidenti janob Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi va yetakchiligi ostida amalga oshirilayotgan muhim jarayondir. Eng muhimi, u avvalgi ikki buyuk Renessansning mustahkam ilmiy va madaniy poydevoriga tayanayotganini ko‘rish mumkin.

Bugungi murakkab va turli sinovlarga boy dunyoda bunday tashabbuslarni ko‘rish insonga umid bag‘ishlaydi. Menimcha, barchamiz uchun eng muhim narsa — kelajakka ishonch bilan qarash, ilhom olish mumkin bo‘lgan ufqni ko‘ra bilishdir. Bu Markaz aynan shu g‘oyani namoyon etadi: har bir mamlakat va har bir xalq o‘z salohiyatini to‘liq ishga solib, yangi uyg‘onish va taraqqiyot davrini barpo etishi mumkin

Dilma Rusef