
Fikr-mulohazalar
Jeymison Grir
Amerika Qoʻshma Shtatlarining Savdo vakili
Bu yerda men eng avvalo O‘zbekistonning o‘z tarixi va madaniy merosiga bo‘lgan yuksak ehtiromini ko‘rdim. Markazning qalbida hazrati Usmonga tegishli muqaddas Qur’oni Karim saqlanayotgani va odamlar uni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish imkoniyatiga ega ekani juda ta’sirli holat. Ammo meni yanada ko‘proq hayratlantirgan jihat shundaki, bu yerda tarix faqat namoyish etilmaydi. U mamlakatning buguni va ertasi bilan uyg‘unlashtirilgan. Olimlaringiz, shoirlaringiz, musiqachilaringiz, davlat arboblaringiz va butun milliy merosingiz bir makonda jamlangan. Shu sababli Markaz O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatidagi o‘zligi va ruhini juda ta’sirchan tarzda namoyon etadi.
Menimcha, bu loyiha Prezidentingizning uzoqni ko‘ra bilish qobiliyati va strategik qarashlarining amaliy ifodasidir. U nafaqat mamlakat iqtisodiyotini dunyoga ochmoqda, balki yosh avlodga o‘z tarixi, ildizlari va kelajakda erishishi mumkin bo‘lgan yuksak marralarni ko‘rsatib bermoqda. O‘zbekiston tarixi turli davrlarda boshqa davlatlar merosi sifatida talqin qilingan holatlar ham bo‘lgan. Ammo bu yerda men xalq o‘z tarixini qayta tiklayotganini, uni chuqur o‘rganayotganini va butun dunyoga munosib tarzda taqdim etayotganini ko‘rdim. Bu juda katta yutuq.
